Yangi oʻzbek lotin alifbosi 2026: Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va matnni oʻgirish

Abdujalilov Dilshod
Abdujalilov Dilshod
PHP dasturchi, SEO mutaxassis
30.10.2026
Yangi oʻzbek lotin alifbosi 2026: Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va matnni oʻgirish

2026-yil 21-oktyabrda «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun (OʻRQ-1184) qabul qilindi. Unga koʻra amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi (sh, ch, ng) oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisi (ʼ) joriy etiladi. Asosiy oʻzgarish — ikki belgi bilan yoziladigan tovushlar endi bitta harf bilan yoziladi: Ö, Ğ, Ş, Ç.

Yangi alifboda qaysi harflar oʻzgardi

Eski lotinKirillYangi lotinMisol
Oʻ oʻЎ ўÖ öoʻzbek → özbek
Gʻ gʻҒ ғĞ ğgʻisht → ğişt
Sh shШ шŞ şshahar → şahar
Ch chЧ чÇ çchoy → çoy
  • ng endi alifboda alohida birlik hisoblanmaydi.
  • Tutuq belgisi (ʼ) harf emas, alohida belgi sifatida saqlanadi: maʼno, sanʼat, eʼlon.

Misol: bitta matn uch xil yozuvda

KirillEski lotinYangi lotin
ЎзбекистонOʻzbekistonÖzbekiston
шаҳарshaharşahar
чойchoyçoy
ғиштgʻishtğişt
Тошкент — чиройли шаҳарToshkent — chiroyli shaharToşkent — çiroyli şahar

Yangi alifbo qachon kuchga kiradi

Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi. Eski alifboda yozilgan hujjatlar amal qilishda davom etadi.

Matnni yangi lotin alifbosiga qanday oʻgirish mumkin

Parsing.uz yangi alifboni qoʻllab-quvvatlaydi. Kirill yoki eski lotin yozuvidagi matn va fayllarni bir necha soniyada yangi lotinga oʻgirish mumkin:

  1. Sahifada «Lotin (yangi)» rejimini tanlang.
  2. Matnni maydonga yozing yoki joylashtiring — kirill yoki eski lotin yozuvi avtomatik aniqlanadi.
  3. Fayl boʻlsa, Word, Excel, PowerPoint, PDF yoki TXT faylni yuklang va «Lotin (yangi)»ni tanlang.

Yangi lotindagi matnni kirillga ham qaytarish mumkin. Ekran klaviaturasida Ö, Ğ, Ş, Ç va ʼ tugmalari bor: bu harflarni oddiy klaviaturada qanday terishni bilmasangiz, shu tugmalarni bosing.

Telegram bot orqali

@kirill_lotin_file_bot botiga matn yuboring: bot odatdagi tarjimadan tashqari yangi lotindagi variantini ham alohida xabarda yuboradi. Fayl yuborsangiz, «Yangi lotinga (2026)» tugmasini tanlang.

Avtomatik oʻgirishda eʼtibor bering

  • Havolalar va e-mail manzillar oʻzgartirilmaydi: shop.uz «şop.uz»ga aylanmaydi.
  • Ism-familiyalar va atoqli otlarni oʻgirgandan keyin koʻzdan kechirib chiqing.

Koʻp beriladigan savollar

Yangi alifboda nechta harf bor?

28 ta harf va 1 ta tutuq belgisi (ʼ).

Eski alifbodagi hujjatlar haqiqiymi?

Ha, eski alifboda yozilgan hujjatlar amal qilishda davom etadi.

Mavzuga oid: Kirill va lotin alifbosi: toʻliq jadval va farqlar · Oʻzbek lotin alifbosida harflar va tovushlar soni

Matn yoki faylni kirill ↔ lotin o'girish kerakmi?

Konvertorni ochish
← Barcha maqolalar Ulashish / Поделиться

Yangi oʻzbek lotin alifbosi 2026: Ö, Ğ, Ş, Ç — Parsing.uz

Lotin kiril, kiril lotin — krill to lotin va lotin to krill o‘girish

Lotin kiril va kiril lotin tarjimon: matnni yoki faylni bir tugma bilan o‘giring. Krill to lotin, lotin to krill — alifbo bo‘yicha aniq transliteratsiya. Ko‘pgina dasturlarda “Ў”, “Қ”, “Ҳ”, “Ғ”, “Ч” va “Ц” harflari noto‘g‘ri o‘giriladi — biz bu muammoni hal qildik. Word, Excel, PowerPoint, PDF, TXT va OpenDocument (odt, ods) fayllarini ham qo‘llab-quvvatlaymiz.